JCP haqida
JCP haqida ma'lumot

JAPAN CAREER PORTAL — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Yaponiyada xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirishi hamda barqaror kasbiy faoliyatini shakllantirishga qaratilgan rasmiy axborot platformasidir.
Mazkur portal orqali Yaponiyada ishlashga oid aniq va ishonchli ma’lumotlar bir joyda taqdim etilib, ketishdan oldingi tayyorgarlikdan boshlab ish faoliyati davomida zarur bo‘lgan bilim va tushunchalarni shakllantirishga ko‘maklashadi hamda migratsiya bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish va fuqarolarning xalqaro maydonda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi.
JAPAN CAREER PORTAL
Yaponiyada ishlash niyyatida bo'lgan O'zbekiston fuqorolari uchun yaxlit platforma vazifasini bajaradi. Portalda "Yaponiyaga borishdan oldin", "Yaponiyada ishlash", "Yaponiyada O'qish", "Yaponiya hayoti", "O'rganamiz", "Yaponiya tajribasi", "O'zbekiston" bo'limlari mavjud. "Yaponiyaga borishdan oldin"- Yaponiya davlati haqida asosiy ma'lumotlar, Yapon madaniyati, urf odatlari, Yaponiyaga borish viza turlari va farqlari haqida Yaponiyaga borishdan oldin har bir kishi bilib qo'yishi kerak bo'lgan ma'lumotlar beriladi."Yaponiyada ishlash"- Qanday viza turlari bilan Yaponiyada ishlash mumkin, har kim o'ziga mos ish vizasini tanlashi uchun vizalar turlarini taqqoslash, yapon ish madaniyati, ish beruvchi va ishchi haq-huquqlari haqida batafsil ma'lumot beriladi."Yaponiyada o'qish"- Yaponiyada o'qish yo'llari shu jumladan yapon tili maktabi, universitetlar, kollejlar, stipendiyalar, soatbay ish, universitetni tugatgandan keyingi ish qidirish jarayonlari haqida ma'lumot beriladi."Yaponiya hayoti"- Yaponiyada kundalik hayot uchun kerak bo'ladigan ma'lumotlar, jamoat transportidan foydalanish qonun-qoidalari, uy-kvartira, soliqlar va davlat yig'imlari haqida ma'lumot beriladi. "O'rganamiz"- Yapon tili, Maxsus Malaka testidan o'tish uchun kerakli bo'lgan qo'llanmalar, Yaponiyada ishlash uchun kerak bo'ladigan boshqa ko'nikmalar taqdim etiladi. "Yaponiya tajribasi"- Yaponiyada tajriba orttirgan vatandoshlarimiz haqida, ular bosib o'tgan karyera yo'li, qiyinchiliklar, erishilgan muvoffaqiyatlar haqida ma'lumot berib boriladi. "O'zbekiston inson resurslari"- Yapon ish beruvchilari uchun O'zbekiston migratsiya siyosati, O'zbekistondagi mavjud qonunchilik haqida ma'lumot berib boriladi. Japan Career Portal orqali to'g'ri ma'lumotlarni yetkazish uchun harakat qilamiz.

Yaponiya haqida











